пятница, 30 августа 2013 г.

HECHDAN KO'RA KECH YAXSHI yohud ILK INTEVYU HAYAJONI



2010-yildan  buyon  Fund Forum  hamda  qator hamkor  tashkilotlar  tomonidan  tashkil  etib  kelinayotgan “Kelajak  ovozi”  yozgi  media  oromgohi  bu   yil  ham  yurtimizning   turli  nuqtalaridan  tashrif buyurgan  yosh  iqtidor  egalarini  o’z  bag’rida  jamladi,   ularga  ulkan  imkoniyatlar  eshigini  ochdi,  erkin  ijod  qilishlari  uchun  imkon  yaratdi.  Albatta,  bu  borada  yosh  jurnalistlar o’z  sohasining  malakali  mutahassislari  tomonidan  o’tilgan  treninglar,  o’quv  mashg’ulotlari  davomida  nazariy  bilimlarimizni  oshirgan,  jurnalistika  sohasiga  oid  zaruriy  ko’nikmalarni  egallagan bo’lsalar,  yurtimizda  ko’zga  ko’ringan,  jurnalistika  sohasida  o’z  qalamiga,  o’z  tanlagan  yo’liga  ega  bo’lgan  insonlar  bilan  tashkil  etilgan  uchrashuvlar  davomida esa  ularning hayotiy tajribalari, jurnalistika sohasining o’ziga  hos  mashaqqati-yu,  mas’uliyatli  jihatlari  haqidagi  qimmatli  fikrlardan tinglab, mazmunli  suhbatdan baxramand  bo’ldilar.   Men  hozir  ana  shunday  ajoyib  uchrashuvlardan  biri,  sport  jurnalistlari   Mirzahakim   To’xtamirzayev,  Davron  Fayziyev, Kamoliddin  Alimov,  Norbek  Niyozov,  Bekzod  Nazarovlar bilan  bo’lib  o’tgan  uchrashuv, undan olgan  olam-olam  tassurotlarimiz   haqida  so’zlab  bermoqchiman.  Har  bir sohada  bo’lgani  kabi, jurnalistikada,  aynan  sport  jurnalistikasida  ham  o’ziga  hos  murakkabliklar, qiyinchiliklar  bor.  Aslida,  ularni  qiyinchilik  deyishning  o’zi  notog’ri , chunki,  o’z  kasbini  sevgan  inson  uchun  bu  qiyinchiliklar-u  mashaqqatlar  nazar-pisand emas.  Bu  ular  uchun  o’z  sevgan  kasbi-sevimli  olamining  bir  bo’lagi. Mehmonlar  qatnashchilar  tomonidan  taqdim etilgan  savollarga  javob  berarayotganlarida  buning  yaqqol  ifodasini  ularning yuz-ko’zlarida  ko’rish   qiyin  emas  edi. Ayniqsa,   Mirzahakim  To’xtamirzayevning  uchrashuvga  kirib  kelishi  bilanoq,  “Assalomu  alaykum  hurmatli  futbol  ixlosmandlari”,- degan  so’zlari  hammaga  yanada  jo’shqinlik  ulashdi.  Mana  shu  uchrashuv  davomida  men  qatori ko’pchilik  tengdoshlarim  o’zlarini   qiziqtirgan  savollarga  javob  topdilar,  yetuk  ujurnalistkar  bilan  fikr-mulahaza  almashdilar. Qiziqarli  fikr-mulohazalarga  boy  bo’lgan  ushbu   uchrashuv  nafaqat  Media  oromgoh  qatnashchilarida, balki,  mehmonlarda  ham  iliq  taassurot  qoldirdi  shekilli,  bu  haqida  Sport  telekanali  sharxlovchisi  Davron  Fayziyevdan  so’raganimizda  u  savolimizga shunday  javob  qaytardi:

-Uchrashuv  menga  judayam  yoqdi.  Ajoyib  muhitda, haqiqiy do’stona  suhbat  bo’ldi. Ishtirokchilar  tomonidan  taqdim  etilgan  savollar  ham  qiziqarli.  Ana shu  savollar  orqali  balki,  sohamizga  oid  ba’zi  kamchiliklar,  ko’proq  o’z  ustimizda  ishlashimiz  kerak  bo’lga  jihatlarga  yanada  ko’proq  e’tibor  qaratish  imkoniyati  paydo  bo’ldi. Fursatdan  foydalanib  tashkilotchilarga  o’z  minnatdorchilimni  bildiraman  va  yosh  jurnalist  do’stlarimga  omad  tilayman.

Ushbu  uchrashuv  haqida  Media oromgoh  ishtirokchilaridan  biri  Eshmamatova  Shohidaning  esa  fikri  shunday:

Xullas,  bu  uchrashuv  ko’pchilik  qatori  menga  ham  juda  manzur  bo’lganligi  uchun  u  haqidagi   fikrlarimni  bayon  qilishga  qaror  qildim,  garchi  kech  bo’lsa-da.  Axir,  hechdan  ko’ra  kech  yaxshi  deb  bekor  aytmaydilar.    Bu  uchrashuv  men  uchun  nafaqat  qiziqarli  va  mazmunli  o’tgani  bilan  qadrli,  balki,  mana  shu  uchrashuv  davomida  matbuot  jurnalistikasi  sohasidagi  havaskorona  faoliyatimdagi  ilk jiddiy  intervyuimni  amalga  oshirdim. Bu  men  uchun  yanada  ilxom  manbai  bo'lib  xizmat  qildi.



Комментариев нет:

Отправить комментарий