Biz hayotimiz davomida katta-yu kichik muammolar, turli xil asabbuzarliklarga duch kelamiz. Buning oqibatida esa stress, ruhiy tushkunlik va ishga
layoqatsizlik kabi nohush holatlar
yuzaga keladi. Ana shunday
holatlardan chiqib ketish, o’zimizni qo’lga olish esa har doim ham qo’limizdan kelavermasligi mumkin. Bunday vaziyatlarda esa Kundalik
Yoga mashqlari bizga yordamga
keladi. Ma’lum bo’lishicha, rivojlangan mamlakatlarning ko’pchiligida aholi
salomatligiga “gipokeneziya”-kamharakatlilik kassalligi
xavf solmoqda ekan. Bu esa insonlarning ham ruhiy , ham jismoniy salomatligiga
salbiy ta’sir ko’rsatmasdan
qolmaydi. Yuqorida aytib
o’tilgan ruh va
jismning uyg’unligini ifodalovchi Yoga mashqlari
bu kabi holatlardan halos bo’lishda
as qotishi shubhasiz. Dastlab, Yoga
mashqlari haqida fikr
yuritishdan oldin uning tarixiga qisqacha to’xtalsam. Manbalarga
ko’ra, Yoga ta’limotining
vatani Hindiston bo’lib, miloddan
avvalgi V-IV asrlar
uning ilk rivojlanish
bosqichi hisoblanadi va bu
davrni “Birinchi Yoglar davri”
deb atash mumkin. Yoga
so’zi esa sanskrit
tilidan olingan bo’lib, "birlashuv” degan
ma’noni bildiradi. Yoga
mashqlari asosan biz
kundalik hayotda mustaqil
ravishda shug’ullanishimiz mumkin
bo’lgan, bir qarashda oddiy, ammo salomatligimiz uchun
o’ta foydali bo’lgan
harakatlardan tashkil topgan.
Bu mashg’ulot bilan
yoshi va jinsidan
qat’iy nazar har kim
ixtiyoriga ko’ra bir kunda bir-ikki marta, asosan, ertalab va kechki payt
shug’ullanishi mumkin. Ushbu
mashqlar yuzasidan biz bilan
ishlagan murabbiyimizning
aytishicha : mazkur
mashqlarni muayyan
ketma-ketlikda bajargan ma’qul. Chunki, har
bir mashq bir-biriga
uzviy ravishda bog’liq bo’lib, birinchi mashqni
bajarmay turib ikkinchisini
uddalay olmasligimiz mumkin. Avvaliga mashg’ulot
oddiy, sodda mashqlar bilan
boshlanib, borgan sari
ular asta -sekinlik bilan
murakkablashib boradi. Muhimi,
ular orasidagi tartibni
yo’qotmasak, mashqlarni bajarish bizga deyarli qiyinchilik
tug’dirmaydi. Mashg’ulotdagi
birinchi mashq “Shavasan” deb atalib, u qolgan mashlar
orasida tanaffus qilish uchun
takror bajarish mumkin bo’lgan eng muhim harakatlardan biri. Bundan tashqari
“Naukasan”, “Pavan muktasan”, “Dxanurasan” va “Chakrasan” kabi
bir qancha foydali mashq
turlari ham mavjud. Odatdagi
badantarbiya mashlaridan farqli
jihati esa, u nihoyasiga
yetgach hech qanday
charchoq hissini sezmaysiz, aksincha o’zingizni
yanada tetik va bardam
his qilasiz. Ahamiyatli jihati, har bir mashq
tanamizning qaysidir a’zosiga
aynan ta’sir ko’rsatadi. Ushbu mashqlarning
yana bir afzallik tomoni, ularni bajarish
uchun maxsus sport zallari
yoki fitnes klublarga
borish yoki maxsus jihozlar talab etilmaydi. Uy sharoitida
ham bu mashqlarni bemalol
bajarish mumkin. Yoga mashqlari
samarali natija berishi
uchun ularni chin
dildan, faqat yaxshi
narsalar haqida o’y-hayol qilib
bajarish kerak. Bu ham ushbu ta’limotning o’ziga
xos bir siri.
Yoga
ta’limotidagi jismoniy
mashqlar bilan muntazam
ravishda shug’ullanib
kelayotgan Beruniy Alimov ushbu mashqlarining uning salomatligiga, ruhiy holatiga, qolaversa ish
faoliyatiga ko’rsatayotgan ijobiy
ta’siri haqida so’rasangiz
gapirishdan charchamaydi:
“Men bolaligimda nafas olish yo’llarida, burun sohasida yuzaga
kelgan kasallik bilan
og’riganman. Uchramagan shifokorim, qabul qilmagan dori
vositam qolmagan. Ammo hech
biri samara bermagan. Bir
necha yillardan buyon
Yoga mashqlari bilan
doimiy shug’ullanib borishim
natijasida, bu kasallik
meni o’z-o’zidan tark
etdi. Hozir ham qon
bosimim ko’tarilgan holatlarda
bemalol ana shu
mashqlar yordamida salomatligimni tiklashga erishaman.
Nazarimda hamma narsaning
zamirida hotirjamlik yotadi”
Xullas, harakat, harakat va yana harakat… Jismoniy barkamollik, ruhiy tetiklik va
hotirjamlik sizni tark
etmasligini, stress, charchoq va
tushkunlikdan halos bo’lishni, hayotiy
kuchga to’lishni istasangiz siz
ham o’zingizda kundalik Yoga
mashqlarini sinab ko’ring. O’ylayman-ki natija sizni
quvontiradi.
Materialni tayyorlashda Beruniy Alimovning “Kundalik Yoga mashqlari”
kitobidagi ma’lumotlardan foydalanildi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий