четверг, 17 октября 2013 г.

STYLE. UZ” ШУКУҲИ ЁШ ДИЗАЙНЕРЛАР НИГОҲИДА

Мода дунёси доимо кўпчиликни ўзига жалб этиб келган. Бу соҳада истаганча янгилик қилиш мумкин. Меҳнат қилганлар эса ҳеч қачон беэътибор қолмайди. Dolce& Gabbana, Versace, Channel бу машҳур брендлар барчамизга яхши таниш. Мода оламининг йирик намоёндалари “меҳнат” аталмиш чиғириқда тобланиб, ҳозир шу соҳада ўз ўринларига эгалар. Бугун уларнинг намойишларини хорижий давлатларга бориб томоша қилишга ҳожат йўқ. Боиси Fond Forum ташаббуси билан ўтказилаётган Art week Style. Uz  санъат ҳафталиги мана 8 йилдирки, бундай имкониятларни туҳфа этмоқда. Ёрқин воқеалар, янги совғаларга бой ўтиши кутилаётган санъат ҳафталигига тайёргарлик ишлари қизғин паллага кирган бир пайтда Қашқадарёликлар байрам шукуҳини олдинроқ нишонлашни мақсад қилдилар.
Style. Uz ҳафталиги олдидан “Келажак овози” ЁТМ Қашқадарё вилояти бўлими фаоллари томонидан “Либослар жилоси” мода фестивали ташкил этилди. Икки ёшни қаршилашга улгурган бу ёрқин фестивал вилоятдаги иқтидорли ва ҳаваскор ёш дизайнерларнинг маҳоратларини ошириш, рағбатлантириш ҳамда ўз ижод намуналарини кенг жамоатчилик олдида намойиш этиш имконини яратиши билан аҳамиятлидар. Тадбир дастуридан ёш дизайнерлар, стилистлар учун маҳорат дарслари, ёш фотографларнинг Style. Uz мода ҳафталигидаги энг ёрқин лаҳзалар муҳрланган фотосуратлар жамланмасидан Фотобиэналлеларнинг ўтказилиши жой олган. Ушбу фестиваль мода дунёсига энди қадам ташлаётган ҳаваскорлардан тортиб, анчагина маҳоратга эга бўлган дизайнерларгача ўз либос тўпламлари билан иштирок этиш имкониятини берди.
Намойишда “Underground”, “Avangard” ҳамда “Mиллий услубдаги либослар тақдим этилди. Улар орасида “Келажак овози” Республика иқтидорли ёшлар танловининг “Архитектура ва Интеръер дизайн” йўналиши вилоят босқичи ғолиблари ҳам бор. “Либослар жилоси” мода фестивали танлов ғолиблари учун ҳам синов, ҳам тажриба майдони бўлди. Энди улар “Келажак овози” Республика финал босқичига янада жиддийроқ ҳозирлик кўришади.
Кўзларни қувнатиб, бир-бирини такрорламайдиган, турли услубдаги либослар тақдим этилди. Бу кунги имтиҳоннинг муваффақият эшигини очиб, ёш дизайнерлар саҳнада олқишларни қабул қилдилар.
“Энг яхши” деб эътироф этилганлар ташкилотчилар томонидан дипломлар ва эсдалик совғалари билан тақдирландилар. Асосийси илк қадамлар ташланди. Эндиги мақсад Art week style. Uz  ҳафталигида маҳорат тўплаб иштирок этиш.

Моҳинур САЛОҲОВА







пятница, 30 августа 2013 г.

HECHDAN KO'RA KECH YAXSHI yohud ILK INTEVYU HAYAJONI



2010-yildan  buyon  Fund Forum  hamda  qator hamkor  tashkilotlar  tomonidan  tashkil  etib  kelinayotgan “Kelajak  ovozi”  yozgi  media  oromgohi  bu   yil  ham  yurtimizning   turli  nuqtalaridan  tashrif buyurgan  yosh  iqtidor  egalarini  o’z  bag’rida  jamladi,   ularga  ulkan  imkoniyatlar  eshigini  ochdi,  erkin  ijod  qilishlari  uchun  imkon  yaratdi.  Albatta,  bu  borada  yosh  jurnalistlar o’z  sohasining  malakali  mutahassislari  tomonidan  o’tilgan  treninglar,  o’quv  mashg’ulotlari  davomida  nazariy  bilimlarimizni  oshirgan,  jurnalistika  sohasiga  oid  zaruriy  ko’nikmalarni  egallagan bo’lsalar,  yurtimizda  ko’zga  ko’ringan,  jurnalistika  sohasida  o’z  qalamiga,  o’z  tanlagan  yo’liga  ega  bo’lgan  insonlar  bilan  tashkil  etilgan  uchrashuvlar  davomida esa  ularning hayotiy tajribalari, jurnalistika sohasining o’ziga  hos  mashaqqati-yu,  mas’uliyatli  jihatlari  haqidagi  qimmatli  fikrlardan tinglab, mazmunli  suhbatdan baxramand  bo’ldilar.   Men  hozir  ana  shunday  ajoyib  uchrashuvlardan  biri,  sport  jurnalistlari   Mirzahakim   To’xtamirzayev,  Davron  Fayziyev, Kamoliddin  Alimov,  Norbek  Niyozov,  Bekzod  Nazarovlar bilan  bo’lib  o’tgan  uchrashuv, undan olgan  olam-olam  tassurotlarimiz   haqida  so’zlab  bermoqchiman.  Har  bir sohada  bo’lgani  kabi, jurnalistikada,  aynan  sport  jurnalistikasida  ham  o’ziga  hos  murakkabliklar, qiyinchiliklar  bor.  Aslida,  ularni  qiyinchilik  deyishning  o’zi  notog’ri , chunki,  o’z  kasbini  sevgan  inson  uchun  bu  qiyinchiliklar-u  mashaqqatlar  nazar-pisand emas.  Bu  ular  uchun  o’z  sevgan  kasbi-sevimli  olamining  bir  bo’lagi. Mehmonlar  qatnashchilar  tomonidan  taqdim etilgan  savollarga  javob  berarayotganlarida  buning  yaqqol  ifodasini  ularning yuz-ko’zlarida  ko’rish   qiyin  emas  edi. Ayniqsa,   Mirzahakim  To’xtamirzayevning  uchrashuvga  kirib  kelishi  bilanoq,  “Assalomu  alaykum  hurmatli  futbol  ixlosmandlari”,- degan  so’zlari  hammaga  yanada  jo’shqinlik  ulashdi.  Mana  shu  uchrashuv  davomida  men  qatori ko’pchilik  tengdoshlarim  o’zlarini   qiziqtirgan  savollarga  javob  topdilar,  yetuk  ujurnalistkar  bilan  fikr-mulahaza  almashdilar. Qiziqarli  fikr-mulohazalarga  boy  bo’lgan  ushbu   uchrashuv  nafaqat  Media  oromgoh  qatnashchilarida, balki,  mehmonlarda  ham  iliq  taassurot  qoldirdi  shekilli,  bu  haqida  Sport  telekanali  sharxlovchisi  Davron  Fayziyevdan  so’raganimizda  u  savolimizga shunday  javob  qaytardi:

-Uchrashuv  menga  judayam  yoqdi.  Ajoyib  muhitda, haqiqiy do’stona  suhbat  bo’ldi. Ishtirokchilar  tomonidan  taqdim  etilgan  savollar  ham  qiziqarli.  Ana shu  savollar  orqali  balki,  sohamizga  oid  ba’zi  kamchiliklar,  ko’proq  o’z  ustimizda  ishlashimiz  kerak  bo’lga  jihatlarga  yanada  ko’proq  e’tibor  qaratish  imkoniyati  paydo  bo’ldi. Fursatdan  foydalanib  tashkilotchilarga  o’z  minnatdorchilimni  bildiraman  va  yosh  jurnalist  do’stlarimga  omad  tilayman.

Ushbu  uchrashuv  haqida  Media oromgoh  ishtirokchilaridan  biri  Eshmamatova  Shohidaning  esa  fikri  shunday:

Xullas,  bu  uchrashuv  ko’pchilik  qatori  menga  ham  juda  manzur  bo’lganligi  uchun  u  haqidagi   fikrlarimni  bayon  qilishga  qaror  qildim,  garchi  kech  bo’lsa-da.  Axir,  hechdan  ko’ra  kech  yaxshi  deb  bekor  aytmaydilar.    Bu  uchrashuv  men  uchun  nafaqat  qiziqarli  va  mazmunli  o’tgani  bilan  qadrli,  balki,  mana  shu  uchrashuv  davomida  matbuot  jurnalistikasi  sohasidagi  havaskorona  faoliyatimdagi  ilk jiddiy  intervyuimni  amalga  oshirdim. Bu  men  uchun  yanada  ilxom  manbai  bo'lib  xizmat  qildi.



понедельник, 26 августа 2013 г.

BIZNING “QARIYALAR”

                                      
Fund Forumning  yoshlarga  qaratilgan yirik  loyihalaridan  biri  shubhasiz  “Kelajak  ovozi” YoTM dir.  2006-yildan  buyon  faoliyat  olib  borayotgan ushbu  markaz  shu  paytgacha ko’plab iqtidor  egalarini  kashf  qildi, qanchadan-qancha  tashabbuskor va  shijoatli  yoshlarni  o’z  bag’rida  jamladi, ular uchun  ulkan imkoniyatlar eshigini ochdi, yashirin qobiliyatlarini namoyish  etish  uchun  imkon yaratdi. Balki, shu  sabab kundan kunga markaz  faollari  safi  kengayib bormoqda.  Bugun ana  shu  yoshlar “Kelajak ovozi” YoTMni o’z uylaridek  ko’rishadi, tengdoshlari  bilan esa  bir  oila  a’zosidek  qadrdonlar.  Aslini  olsak,  mana  shu  oilaning  haqiqiy a’zosi, haqiqiy farzandi  bo’lish  chakana ish  emas.  Bugun  ana  shu  ishni  qoyillatib  uddalagan markazimizning  “keksa avlod  vakillari”, hammaga tushunarli  tilda  aytadigan  bo’lsak  “starichok”larimizga  yuzlanmoqchimiz.  Ularga esa  quyidagi  savol  bilan murojaat  qildik:

“Kelajak ovozi” oilasida  uzoq yashash va o’z  o’rniga  ega  bo’lishning  siri  nimada?




Isamuhammedov  Farrux
 1990-yil 23-yanvarda tug’ilgan. Bir  necha yildan  buyon “Kelajak –Press” matbuot  loyihasi  faoli, O’zining aytishicha “Kelajak-Press” faoli bo’lishiga  qaramay,  boshqa  yo’nalishlarga “bosh suqib yuradi”. “Kelajak ovozi” YoTMni ushlab turuvchi  kuch  tashabbuskor  yoshlar  va  ularning  ahilligi  deb  biladi. Savolimizga esa “gapga usta emasman, qolganiga  o'zingiz  biror nima  qo'shib  qo'yarsiz deya” shunday  javob  berdi:
-Men bir necha yillardan beri  shu oila  a’zosiman, har  holda  o’zimni  shunday  his qilaman.  Bu yerdagi  muhit,  qadrdon  do’stlarim  va  qaynoq  hayot  meni  o’ziga  qattiq  bog’lab  turadi. "Kelajak ovozi"da  uzoq  yashash  siri  bu  yerdagi  munosabat  va  faollikda  deb hisoblayman.

Saloxo’jayeva  Farangiz 
1991-yil dekabr oyining 14-sanasida  tavallud topgan. Dastlab,  “Kelajak ovozi”da  faolligini TV hamda  bosma  jurnalistikada namoyon  qilgan qahramonimiz, keyinchalik  deyarli  barcha  yo’nalishda o’zini  sinab  ko’rgan.  Hatto  “Dilemma” yo’nalishida o’tkazilgan tanlovlarda  ko’plab muvaffaqiyatlarga  ham  erishgan.  Bir  so’z  bilan serqirra  iqtidor egasi. Unga  qo’yib  bersangiz  savolimizga ertagacha  javob berardi:
-2008-yildan buyon “Kelajak ovozi” olamidaman. Bilasizmi bu olam  meni o’ziga  ipsiz  bog’lab olgan va  hech ham qo’yib  yubormaydigandek. Bu  yerda  men hatto  o’zim uchun noma’lum bo’lgan  qirralarimni ham kashf  qildim, yangi bilimlarga  ega  bo’ldim, tajriba  orttirdim, bir qancha  yutuqlarga  erishdim.  Bu yerda uzoq yashash o’z o’rningga  ega bo’lishning  siri esa mehnat  va  o’z ustingda ishlash deb  bilaman.

Dilafruz  Qodirova
1993-yil  28-yanvarda   Toshkent shahrida tug’ilgan. “Kelajak-lingvo” til markazi faoli.  O’zbek tilidan tashqari,  rus , ingliz tillarida  so’zlasha  oladi. Ko’pchilik  faollarga  tekkan “kasallik”  uni  ham chetlab o’tmagan, ya’ni u ham   hamma yo’nalish  faoliyatiga  qiziqadi, xususan fotograflikka.  Fond Forum tomonidan  tashkil  etiladigan  turli  tadbirlar yoshlarni  yanada jipslashtirishga  xizmat  qiladi  degan  fikrda.
-Menimcha  har  bir  inson  o’z  qilayotgan  ishini, kasbini  sevishi  kerak. Ana shundagina  u  haqiqiy  baxtga  erisha oladi. Men chinakamiga  baxtliman, chunki  o’z sevgan  mashg’ulotlarim  bilan shug’ullanaman,  sevgan insonlarim  davrasidaman.  Mening birdan-bir  sirim Men “Kelajak  ovozi”ni  yaxshi  ko’raman. Chunki u menga  yetuk shaxs  bo’lib  shakllanishimda  yordam berdi.
Berdiyev Fayoz
1992-yil 29-yanvar  kuni tavallud  topgan.  “Kelajak ovozi” YoTM ning  “IT-school” yo’nalishi  faoli. Uni  savolga  tutganimizda  qisqa  va  lo’nda  javob  qaytardi. Balki  bu  “IT-school”chilarga  hos hususiyatdir,  har  holda  u haqida  vazmin, kamgap degan fikrga keldik. Yana  uning boshqalardan  farqli  jihati  tengdoshlari kabi har  bitta  yo’nalish  “eshigidan  mo’ralab  ko’rmagan”. O’z yo’nalishiga  sodiq. U bizning   savolimizga esa  quyidagicha  javob  berdi: 
-Meni  bu yerda bog’lab  turgan  narsa,  “Kelajak  ovozi”da  o’z  o’rnimni  topishim  va  bu  yerda  uzoq  yashashimning yagona   siri bu  "IT-school". Men  o’zimni  boshqa  yo’nalishda  tasavvur  eta  olmayman . Hammasiga  bir  so’z  bilan  shunday  javob  beraman.




TWITTERdagi "O'G'RILIK"!

Barchamizga  ma’lum, ko’pchilik  “Kelajak  ovozi” YoTM  faollari  Twitter  ijtimoiy  tarmog’idan  foydalanishadi.  Unda  bevosita  Fund  Forum  tomonidan  tashkil  etib kelinayotgan   tadbirlar , “Kelajak  ovozi”  hayotida  yuz  berayotgan  yangiliklar, voqealar  yoritib  borilishi  bilan  birga,  har  bir  akkaunt  egasining  voqea-hodisalarga  nisbatan  munosabati ,  shahsiy  fikr-mulohazalari, o’y-hayol  va  qarashlari bayon  etiladi.  Shubhasiz,  har  kim  har  xil  fikrga  ega,  qarashlar  turlicha.  Lekin  ba’zi  yozib  qoldirilgan  twitlar  o’ziga  xosligi bilan boshqalariga  nisbatan  ko’proq  e’tiboringizni  tortadi. Biz  bugun Media oromgoh  davomida  yozilgan o'ziga xos twitlarni  e’tiboringizga  havola  etamiz.

- Дўкон очиб бердим, ишлаёлмадинг! Ҳунар ҳам ўрганолмадинг . Консерваторияга кирғиздим, ўқиёлмадинг. Энди, ўзингдан кўр, журналист бўласан!
·         Bu twitni  birinchilardan bo’lib  tanlashimiz  bejiz  emas. Bir  qarashda  kishida  tabassum  uyg’otadi, lekin uning  tagida  yashiringan  ma’no  siz-u bizni  o’ylashga  undaydi. Nahotki,  rostan  ham  jurnalistika  sohasiga  shunday  yengil  soha  sifatida  qarashadi. Nazarimda  bunday o’ylaganlar  qattiq  xato  qiladi.
Узун суз: Электромеханизациялаштиролмаганликларидандирда 😊
·         Sanab  ko’rsak,  ushbu  so’z  46 ta  harfdan  iborat  ekan. Avval  ham  shunga  o’xshash  bir  so’zni  bizga  talaffuzni  sinash  maqsadida  o’rgatishgandi, lekin u bunchalik  uzun  emas edi. Qoyil, garchi  turli qo’shimchalar bilan  boyitilgan  bo’lsada, ushbu  so’z  rostan ham juda uzun. O’ylab qoldik,  bir-ikki  qo’shimcha  qo’shib  so’zni   yanada  uzaytirsak  bo’larmikan-a?
• Sanatoriya hovlisiga chiqdim
 • Skameykaga uzala tushib yotvoldim
 • Oyni rasmga oldim
• Twit yozdim
·         Twitterchilar  orasida shunaqa bir  gap  eshitdim: Tarixning  otasi Gerodot  bo’lsa, Twitterning  otasi @Xushnudbek  emish.   Balki, unga  ana  shunaqa  o’ziga  xos twitlari, aqlli gaplari  uchun  shunday  nom  berishgandir. Har  holda  bunisi  bizga  qorong’u. Lekin biz  negadir Xushnud  Xudayberdiyevning turli “janr”da  yozilgan ma’noli twitlari  orasidan  aynan  shunisini  tanlab oldik. Nazm janri  na’munasimikan bu?

Bugun yana u bilan tunni birga o'tkazaman. Faqat uni ertalabgacha o'g'zi tinmasligi menga yoqmaydi. Mayli chidayman, MEN va CHIVIN.

 Ha, chivinlarga  kelsak  ularning  chakagi  ko’pchilikni  bezor  qilgani  bor  gap. Laziz  undan  aziyat  chekkanlarni  dardini  ko’tarib chiqibdilar-da?  Bu  twitga  javoban chivinga  qarshi  kurashning  bir  necha  usullari  ifodalangan  twitlar  ham  yozilgan. Keling  yaxshisi  ularni  sizga  ma’lum qilmaymiz,  o’zingiz  o’qib  bilib  olarsiz.
Кузларингни кисганингда...узимни уйиндан чикканимни хис килдим :)
·    
Rosti  avvaliga  bu  twitni  oqib:  “Zarnigorga kim  kozini  qisibdi”,- deb  rosa  hayron  qolgandikKeyin  bilsak,  bu  faollar  ortasida  mashhur  “Tungi  kapalak”  o’yinidagi  holat  ekan. Balki,  bu  twitni  birinchi  bor  o’qigandayoq  e’tiborimizni  tortgani  uchun tanlagandirmiz. Har  qalay  bu  bizga  qiziq  tuyuldi.  Sizni  ham  hayratlantirdi  deb  umid  qilamiz.
   
X.Do'stmuhammad haqida qiziq fakt: u jurnalistik faoliyatini 7-sinfda 6-sinfdagi qizga xat yozishdan boshlagan.
·         Xalqimizda  shunday  gap bor: Ortiqcha  kamtarlik  manmanlikdir.  Ana  shu  naqlga  amal  qilgan  holda  mana  shu  twitni  ham  eng qiziq twitlar safida  keltirib o’tdik.   :-D     

Buguncha  twitterdan  "o’g’irlaganlarimiz"  shular  edi.  Qolgani  WWW.TWITTER.COM manzilida. Twitlaringizga  baraka  bersin, “follower”lar, #RTlar  soni  ko’payaversin  deymiz qadrli  TWITTERDOSHLAR.
(ESLATMA: Twitlar  ijtimoiy  tarmoqdan qanday bo’lsa  shundayligicha  ko’chirib olingan).

                                                                                                     Nodira Odilova  
ya’ni @Nodira_uz