Fund
Forumning yoshlarga qaratilgan yirik loyihalaridan
biri shubhasiz “Kelajak
ovozi” YoTM dir. 2006-yildan buyon
faoliyat olib borayotgan ushbu markaz
shu paytgacha ko’plab iqtidor egalarini
kashf qildi, qanchadan-qancha tashabbuskor va shijoatli
yoshlarni o’z bag’rida
jamladi, ular uchun ulkan
imkoniyatlar eshigini ochdi, yashirin qobiliyatlarini namoyish etish
uchun imkon yaratdi. Balki, shu
sabab kundan kunga markaz
faollari safi kengayib bormoqda. Bugun ana
shu yoshlar “Kelajak ovozi”
YoTMni o’z uylaridek ko’rishadi, tengdoshlari bilan esa
bir oila a’zosidek
qadrdonlar. Aslini olsak,
mana shu oilaning
haqiqiy a’zosi, haqiqiy farzandi
bo’lish chakana ish emas.
Bugun ana shu
ishni qoyillatib uddalagan markazimizning “keksa avlod
vakillari”, hammaga tushunarli
tilda aytadigan bo’lsak
“starichok”larimizga
yuzlanmoqchimiz. Ularga esa quyidagi
savol bilan murojaat qildik:
“Kelajak ovozi” oilasida uzoq yashash va o’z o’rniga
ega bo’lishning siri
nimada?
Isamuhammedov Farrux
-Men bir
necha yillardan beri shu oila a’zosiman, har holda
o’zimni shunday his qilaman.
Bu yerdagi muhit, qadrdon
do’stlarim va qaynoq
hayot meni o’ziga
qattiq bog’lab turadi. "Kelajak ovozi"da uzoq yashash
siri bu yerdagi
munosabat va faollikda
deb hisoblayman.
Saloxo’jayeva
Farangiz
-2008-yildan
buyon “Kelajak ovozi” olamidaman. Bilasizmi bu olam meni o’ziga
ipsiz bog’lab olgan va hech ham qo’yib yubormaydigandek. Bu yerda
men hatto o’zim uchun noma’lum
bo’lgan qirralarimni ham kashf qildim, yangi bilimlarga ega
bo’ldim, tajriba orttirdim, bir
qancha yutuqlarga erishdim.
Bu yerda uzoq yashash o’z o’rningga
ega bo’lishning siri esa mehnat va o’z
ustingda ishlash deb bilaman.
Dilafruz
Qodirova
-Menimcha har
bir inson o’z
qilayotgan ishini, kasbini sevishi
kerak. Ana shundagina u haqiqiy
baxtga erisha oladi. Men
chinakamiga baxtliman, chunki o’z sevgan
mashg’ulotlarim bilan
shug’ullanaman, sevgan insonlarim davrasidaman.
Mening birdan-bir sirim Men
“Kelajak ovozi”ni yaxshi
ko’raman. Chunki u menga yetuk shaxs bo’lib
shakllanishimda yordam berdi.
Berdiyev Fayoz
-Meni bu yerda bog’lab turgan
narsa, “Kelajak ovozi”da
o’z o’rnimni topishim
va bu yerda
uzoq yashashimning yagona siri bu
"IT-school". Men o’zimni boshqa
yo’nalishda tasavvur eta
olmayman . Hammasiga bir so’z
bilan shunday javob
beraman.
Комментариев нет:
Отправить комментарий