Uyqu bu inson xayotidagi eng muxim aktiv fiziologik protsess. Inson umrini uchdan ikki qismini uquda o’tkazadi. Uyqu miyani ma’lum zonalarini boshqaradi. Miyaning talamus, gipotalamus qismlari o’z faoliyatini ko’chaytirganda uyqu keladi va biz uxlaymiz. Katta odamlar o’rtacha 8-9 soat bazilar 10 soatgacha uxlashi kerak. Statistik ma’lumotlarga ko’ra qaysi davlat axolisining o’rtacha uxlash vaqti xech bo’lmaganda 6-7 soat bo’lsa shu davlat iqtisodi yaxshi rivojlangan. Axolining sosiologik axvoli yaxshi xisoblanar ekan. Bunga misol qilib Koreya va Yaponiya davlatlarini olsak umumiy suro’vnomadan shu narsa ma’lum bo’ldi-ki II Jaxon urishidan so’ng axolining uxlash vaqti 6-7 soatni tashkil qilgan. Demak tunda yaxshi dam olgan axoli kunduzi yuqori ko’rsatkichlarga erishar ekan.

Uxlashni o’ziga yarasha gigienik qoidalari bo’lib ularga rioya qilish maqsadga muvofiqdir.
1. O’rinda kamroq yotish. Qancha tez uxlab, uyquga to’ygach, tez o’rningizdan tursangiz, olgan xordig’ingiz samaraliroq bo’ladi.
2. Xar doim bir vaqtda uygonish (dam olish kunlari xam).
3. Soatni uxlash xonasidan olib ko’yish sizni kechasi bir necha bor soatga karash odatingizni yuqotadi.
4. Uxlashdan oldin tarkibida bo’lgan kofein, alkogol, tamaki maxsulotlarini iste’mol qilmaslik. Bu maxsulotlar uyqusizlikni keltirib chiqarishga olib keladi.
5. Uxlashdan bir necha soat oldin jismoniy mashqlar bajarish.
6. Yengil taom istemol qilish.
7. Uxlash xonasida oshiqcha narsalarni bo’lmasligini nazorat qilish.
8. Uxlashdan oldin asabiylashmaslik.
9. Karavotdan faqat uxlash uchun foydalaning.
Tarkibida kofein saqlovchi maxsulotlar:
• 50 g. qora shokolad — 31 mg.
• 50 g. sutli shokolad — 9 mg.
• 50 g. kakao — 8 mg.
• 155 g. shokoladli sut — 1,25 mg.
• koka-kola — 46 mg.
• pepsi-kola — 35 mg.
• sprayt — 0 mg.
• dietik limonad — 0 mg.
Ulug'bek Patxullaev
Комментариев нет:
Отправить комментарий