Internet yovuzlikmi, ezgulik? U foydalimi yoki
zararli? Undan qochish kerakmi yoki quchoq ochib kutib olish kerakmi? Bugun “Kelajak ovozi” Media oromgohida yosh
jurnalistlar uchun o’tkazilgan ilk trening davomida qatnashchilar ana shu savolga javob
izladilar. Har kimda turlicha fikr, turlicha qarash. Kimdir
bu yo’nalishda cheklovlar e’lon qilish
kerak degan bo’lsa, kimdir internetni insonlarni dangasalikka yetaklashda aybladi. Mening esa bu savollarga javobim tayin. Nazarimda, hayotda hamma narsa nisbiy. Bu faqatgina mening fikrim emas, aslida
ham shunday. Axir, nimaiki
bo’lmasin, uning ijobiy jihati
bo’lganidek, salbiy jihati ham albatta bo’ladi. Uni
qay tomonga yo’naltirish, qanday
foydalanish o’zimizga, ha ha, faqat o’zimizga bog’liq. Bildirib o’tilgan barcha
fikrlarga xulosa sifatida O’z MU Internet jurnalistika kursi dekani Sherzod Qudratxo’jayev tomonidan
aytilgan yakuniy fikrlar ko’pchilikning diqqat-e’tiborini tortdi desam, mubolag’a bo’lmas:
“Menimcha
internet-bu jihoz ya’ni ish
quroli. Deylik, oddiy pichoq, u
oshpaz uchun oshxona jihozi, uning
yordamida mazali taomlar tayyorlanadi,
qotil qo’lida esa u qurolga
aylanadi”.
Nazarimda, ana shunday oddiy, hayotiy tarzda aytilgan fikrlar insonlarga tezroq yetib
boradi, yanada ko’proq o’ylashga majbur qiladi. Huddi shu kabi
ushbu trening jarayonida
trenerlar so’zning ana shunday qudratidan o’rinli foydalana olishdi.
Bundan tashqari yana bir malakali
trener O’zMU Oliy jurnalistika kursi
dekani Beruniy Alimov o’quv
mashg’uloti davomida Xalqaro jurnalistika
haqida bilganlarini
ishtirokchilar bilan o’rtoqlashdi hamda olingan bilim va tajribalar amalda interfaol usulda sinab
ko’rildi. Qolaversa, chet davlatiga jurnalist sifatida tashrif buyurganda,
dastlab kimga yoki qayerga murojaat qilish kerakligi, akkretatsiyadan o’tish borasida
ham ma’lumotlar taqdim etildi. Shuni alohida aytib o’tish kerak-ki , trenerlarimizning ijodiy faoliyati va hayoti davomida orttirgan ulkan tajribasi
barchamizga maktab vazifasini o’taydi.
Hususan, Beruniy Alimov dunyoning 22 davlatida bo’lgani va ularning
8tasida doimiy faoliyat yuritgani haqida so’zlab berganida o’z-o’zidan jurnalistika sohasiga bo’lgan qiziqish yanada ortishi tabiiy.
Ana shunday
qaynoq jarayonlar davomida toblanayotgan
bo’lajak jurnalistlar kelajakda yetuk
mutahassis bo’lib yetishishlarida “Kelajak ovozi” Media Oromgohining o’z o’rni
bo’lishiga ishonaman.
Комментариев нет:
Отправить комментарий