2010-yildan buyon Fund Forum hamda qator hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etib kelinayotgan “Kelajak ovozi” yozgi media oromgohi bu yil ham yurtimizning turli nuqtalaridan tashrif buyurgan yosh iqtidor egalarini o’z bag’rida jamladi, ularga ulkan imkoniyatlar eshigini ochdi, erkin ijod qilishlari uchun imkon yaratdi. Albatta, bu borada yosh jurnalistlar o’z sohasining malakali mutahassislari tomonidan o’tilgan treninglar, o’quv mashg’ulotlari davomida nazariy bilimlarimizni oshirgan, jurnalistika sohasiga oid zaruriy ko’nikmalarni egallagan bo’lsalar, yurtimizda ko’zga ko’ringan, jurnalistika sohasida o’z qalamiga, o’z tanlagan yo’liga ega bo’lgan insonlar bilan tashkil etilgan uchrashuvlar davomida esa ularning hayotiy tajribalari, jurnalistika sohasining o’ziga hos mashaqqati-yu, mas’uliyatli jihatlari haqidagi qimmatli fikrlardan tinglab, mazmunli suhbatdan baxramand bo’ldilar. Men hozir ana shunday ajoyib uchrashuvlardan biri, sport jurnalistlari Mirzahakim To’xtamirzayev, Davron Fayziyev, Kamoliddin Alimov, Norbek Niyozov, Bekzod Nazarovlar bilan bo’lib o’tgan uchrashuv, undan olgan olam-olam tassurotlarimiz haqida so’zlab bermoqchiman. Har bir sohada bo’lgani kabi, jurnalistikada, aynan sport jurnalistikasida ham o’ziga hos murakkabliklar, qiyinchiliklar bor. Aslida, ularni qiyinchilik deyishning o’zi notog’ri , chunki, o’z kasbini sevgan inson uchun bu qiyinchiliklar-u mashaqqatlar nazar-pisand emas. Bu ular uchun o’z sevgan kasbi-sevimli olamining bir bo’lagi. Mehmonlar qatnashchilar tomonidan taqdim etilgan savollarga javob berarayotganlarida buning yaqqol ifodasini ularning yuz-ko’zlarida ko’rish qiyin emas edi. Ayniqsa, Mirzahakim To’xtamirzayevning uchrashuvga kirib kelishi bilanoq, “Assalomu alaykum hurmatli futbol ixlosmandlari”,- degan so’zlari hammaga yanada jo’shqinlik ulashdi. Mana shu uchrashuv davomida men qatori ko’pchilik tengdoshlarim o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob topdilar, yetuk ujurnalistkar bilan fikr-mulahaza almashdilar. Qiziqarli fikr-mulohazalarga boy bo’lgan ushbu uchrashuv nafaqat Media oromgoh qatnashchilarida, balki, mehmonlarda ham iliq taassurot qoldirdi shekilli, bu haqida Sport telekanali sharxlovchisi Davron Fayziyevdan so’raganimizda u savolimizga shunday javob qaytardi:
-Uchrashuv menga
judayam yoqdi. Ajoyib
muhitda, haqiqiy do’stona
suhbat bo’ldi.
Ishtirokchilar tomonidan taqdim
etilgan savollar ham
qiziqarli. Ana shu savollar
orqali balki, sohamizga
oid ba’zi kamchiliklar,
ko’proq o’z ustimizda
ishlashimiz kerak bo’lga
jihatlarga yanada ko’proq
e’tibor qaratish imkoniyati
paydo bo’ldi. Fursatdan foydalanib
tashkilotchilarga o’z minnatdorchilimni bildiraman
va yosh jurnalist
do’stlarimga omad tilayman.
Ushbu uchrashuv haqida
Media oromgoh
ishtirokchilaridan biri Eshmamatova Shohidaning esa
fikri shunday:
-Men bugungi
uchrashuvdan bunchalik ko’p
taassurot olaman deb o’ylamagandim,
sababi, sportga, ayniqsa futbolga
umuman qiziqmayman. Aytishim
mumkin-ki, bu uchrashuv
menda sportga bo’lgan
muhabbatni uyg’ota oldi.
Ayniqsa, Mirzahakim To’xtamirzayev, Davron
Fayziyevlarning chin dildan, samimiy
gapirishi, suhbati menda
iliq taassurot uyg’otdi.
Uchrashuv davomida o’zimni
qiziqtirgan barchasavollarga
javob oldim.
Xullas, bu uchrashuv ko’pchilik
qatori menga ham
juda manzur bo’lganligi
uchun u haqidagi
fikrlarimni bayon qilishga
qaror qildim, garchi
kech bo’lsa-da. Axir,
hechdan ko’ra kech
yaxshi deb bekor
aytmaydilar.
Bu
uchrashuv men uchun
nafaqat qiziqarli va
mazmunli o’tgani bilan
qadrli, balki, mana
shu uchrashuv davomida
matbuot jurnalistikasi sohasidagi
havaskorona faoliyatimdagi ilk jiddiy
intervyuimni amalga oshirdim. Bu
men uchun yanada
ilxom manbai bo'lib xizmat qildi.