Barchamizga
ma’lum, ko’pchilik “Kelajak ovozi” YoTM
faollari Twitter ijtimoiy
tarmog’idan foydalanishadi. Unda bevosita Fund
Forum tomonidan tashkil etib kelinayotgan
tadbirlar , “Kelajak ovozi” hayotida
yuz berayotgan yangiliklar, voqealar yoritib
borilishi bilan birga,
har bir akkaunt
egasining voqea-hodisalarga nisbatan
munosabati , shahsiy fikr-mulohazalari, o’y-hayol va
qarashlari bayon etiladi. Shubhasiz,
har kim har
xil fikrga ega, qarashlar turlicha.
Lekin ba’zi yozib
qoldirilgan twitlar o’ziga
xosligi bilan boshqalariga
nisbatan ko’proq e’tiboringizni tortadi. Biz
bugun Media oromgoh davomida yozilgan o'ziga xos twitlarni e’tiboringizga havola
etamiz.
- Дўкон очиб бердим, ишлаёлмадинг! Ҳунар ҳам ўрганолмадинг . Консерваторияга кирғиздим, ўқиёлмадинг. Энди, ўзингдан кўр, журналист бўласан!
·
Bu
twitni birinchilardan bo’lib tanlashimiz
bejiz emas. Bir qarashda
kishida tabassum uyg’otadi, lekin uning tagida
yashiringan ma’no siz-u bizni
o’ylashga undaydi. Nahotki, rostan
ham jurnalistika sohasiga
shunday yengil soha
sifatida qarashadi.
Nazarimda bunday o’ylaganlar qattiq
xato qiladi.
Узун суз: Электромеханизациялаштиролмаганликларидандирда 😊
·
Sanab ko’rsak,
ushbu so’z 46 ta
harfdan iborat ekan. Avval
ham shunga o’xshash
bir so’zni bizga talaffuzni sinash
maqsadida o’rgatishgandi, lekin u
bunchalik uzun emas edi. Qoyil, garchi turli qo’shimchalar bilan boyitilgan
bo’lsada, ushbu so’z rostan ham juda uzun. O’ylab qoldik, bir-ikki
qo’shimcha qo’shib so’zni
yanada uzaytirsak bo’larmikan-a?
• Sanatoriya
hovlisiga chiqdim
• Skameykaga uzala tushib yotvoldim
• Oyni rasmga oldim
• Twit yozdim
·
Twitterchilar orasida shunaqa bir gap
eshitdim: Tarixning otasi Gerodot bo’lsa, Twitterning otasi @Xushnudbek emish.
Balki, unga ana shunaqa
o’ziga xos twitlari, aqlli gaplari uchun
shunday nom berishgandir. Har holda
bunisi bizga qorong’u. Lekin biz negadir Xushnud Xudayberdiyevning turli “janr”da yozilgan ma’noli twitlari orasidan
aynan shunisini tanlab oldik. Nazm janri na’munasimikan bu?
Bugun yana u
bilan tunni birga o'tkazaman. Faqat uni ertalabgacha o'g'zi tinmasligi menga
yoqmaydi. Mayli chidayman, MEN va CHIVIN.
Ha,
chivinlarga kelsak ularning
chakagi ko’pchilikni bezor
qilgani bor gap. Laziz
undan aziyat chekkanlarni
dardini ko’tarib chiqibdilar-da? Bu
twitga javoban chivinga qarshi
kurashning bir necha
usullari ifodalangan twitlar
ham yozilgan. Keling yaxshisi
ularni sizga ma’lum qilmaymiz, o’zingiz
o’qib bilib olarsiz.
·
Rosti avvaliga bu
twitni o’qib: “Zarnigorga kim
ko’zini qisibdi”,- deb rosa hayron
qolgandik. Keyin bilsak, bu
faollar ortasida mashhur “Tungi
kapalak” o’yinidagi holat
ekan. Balki, bu twitni
birinchi bor o’qigandayoq
e’tiborimizni tortgani uchun tanlagandirmiz. Har qalay
bu bizga qiziq
tuyuldi. Sizni ham
hayratlantirdi deb umid
qilamiz.
X.Do'stmuhammad
haqida qiziq fakt: u jurnalistik faoliyatini 7-sinfda 6-sinfdagi qizga xat
yozishdan boshlagan.
·
Xalqimizda shunday
gap bor: Ortiqcha kamtarlik manmanlikdir.
Ana shu naqlga
amal qilgan holda
mana shu twitni
ham eng qiziq twitlar safida keltirib o’tdik. :-D
Buguncha twitterdan "o’g’irlaganlarimiz" shular
edi. Qolgani WWW.TWITTER.COM manzilida.
Twitlaringizga baraka bersin, “follower”lar, #RTlar soni
ko’payaversin deymiz qadrli TWITTERDOSHLAR.
(ESLATMA:
Twitlar ijtimoiy tarmoqdan qanday bo’lsa shundayligicha ko’chirib olingan).
Nodira Odilova
ya’ni @Nodira_uz